Andrey Shipilov: Gol urganimizdan keyin vaqtni cho‘zmaslikka harakat qildik

  • 16 iyun, 2019, 20:42
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Andijon” – “Metallurg” uchrashuvidan so‘ng mehmonlar ustozi Andrey Shipilov o‘yin to‘g‘risida fikr bildirdi. Bu haqda PFL matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

- Bugungi bahsga ham amaliy, ham nazariy mashg‘ulotlarda jiddiy hozirlik ko‘rgan edik. Ushbu mavsum ikkinchi marta yangi bosh murabbiy boshchiligida ilk bor maydonga tushayotgan jamoaga qarshi o‘yin o‘tkazdik. Yangi murabbiy bilan o‘zgacha ruhda o‘yin ko‘rsatilsa-da, biz ham o‘yinga jiddiy hozirlik olib borishga urindik. Raqibning kuchli va kuchsiz jihatlarini yaxshi o‘rganishga urindik. Keraksiz vaziyatda xato qilib gol o‘tkazib yubordik. Ikkinchi bo‘limda almashtirishlar orqali o‘yinni o‘zgartirishga harakat qildik. Yakunda gol kiritishga ham muvaffaq bo‘ldik. Ta’kidlashim lozim, biz gol urgan bo‘lsak-da, o‘yinning so‘nggi daqiqalariga qadar yana hujum qilishga va vaqtni cho‘zmaslikka harakat qildik. Kiritgan golimizdan keyin ham bizda bir nechta yaxshi imkoniyat yuzaga keldi. Qayd etilgan natija adolatli bo‘ldi, deb hisoblayman, - dedi mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!