Andrey Shipilov "Qo‘qon-1912"ning Antaliya yig‘ini va mavsumga tayyorgarligi borasida nima deydi?
"Qo‘qon-1912" jamoasi bosh murabbiyi Andrey Shipilov joriy mavsum tayyorgarligi va jamoaga taqdim etilayotgan shart-sharoitlar haqida klub matbuot xizmatiga fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Ayni vaqtda jamoamiz tayyorgarlikning navbatdagi bosqichini Turkiyada davom ettirmoqda. Undan avval Tojikistonda mashg‘ulot olib borgandik. Ushbu yig‘inlarda jamoamizning yangi mavsum uchun tayyorgarligiga jiddiy ahamiyat qaratilmoqda. Jamoamiz Antaliyada jami 5 ta o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi".
Shuningdek, Andrey Sergeyevich ushbu yig‘inni tashkil etishda o‘z yordamlarini ayamay kelayotgan Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorovga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.
"Shu o‘rinda ushbu yig‘inni tashkil etishda amaliy yordam ko‘rsatgan Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Xayitboevichga minnatdorlik bildiramiz. Sizning sa’y-harakatlaringiz bilan ayni vaqtda "Qo‘qon-1912" jamoasi mavsumga ajoyib tarzda tayyorgarlik ko‘rmoqda.
"Farg‘onani O‘zbekiston futbolini poytaxti qilamiz", degan muhim fikringizga biz – "Qo‘qon-1912" jamoasi natijamiz orqali hissa qo‘shishga harakat qilamiz", – deya fikr bildirdi jamoa bosh murabbiyi.
Fikrlar