Andriya Kaluderovich: "Biz eng zo‘r jamoamiz"
“Nasaf” klubi OFK Kubogi finaliga chiqish uchun “Li Man”ga qarshi bo‘lib o‘tgan og‘ir o‘yinda g‘alabani o‘z foydasiga hal qila olgani quvonarli bo‘ldi.
Albatta, qarshiliklar iroda namoyish etishdi va qo‘shimcha daqiqalarda Andriya Kaluderovich o‘ta muhim golni urib, katta sahnaga chiqdi. “Nasaf” matbuot xizmati uchrashuvdan keyin ushbu hujumchining bahs to‘g‘risidagi fikrlarini havola etdi.
- Jamoamiz 10 yil o‘tib yana OFK Kubogi finaliga chiqdi. Biz hozir eng zo‘r jamoamiz. Bugun stadionga kelgan muxlislar dramatik bahsning guvohi bo‘lishdi. Jamoaga yordam berganimdan juda ham xursandman. Final bahsida ham g‘alaba qozonishimizga umid qilaman, - deydi Kaluderovich.
Fikrlar