Angliya futbol assotsiatsiyasi "Liverpul"ga qarshi ayblov e’lon qildi

  • 6 aprel, 2023, 19:18
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya futbol assotsiatsiyasi "Liverpul"ga qarshi ayblovlarni e’lon qildi. Bunga o‘tgan dam olish kunlari bo‘lib o‘tgan "Manchester Siti"ga qarshi o‘yinning 34-daqiqasida jamoa futbolchilari hakamni o‘rab olgan epizod sabab bo‘ldi.

Gap "qizillar" futbolchilari hujumni buzgani uchun hakamdan Rodriga ikkinchi sariq kartochka talab qilgan payt haqida bormoqda.

Mersisaydliklar bu ayblovlarga 12 aprelgacha javob berishi kerak. Balki klub jarimaga tortilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Klopp shogirdlari birinchi bo‘lib gol urgan bo‘lsada, safarda "Manchester Siti"ga 1:4 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!