Angliya grandlari “Barsa”da o‘ynolmagan yulduzni Evropaga qaytarmoqchi

  • 24.12.2025 10:42
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliya Premer-liga grandlari “Chelsi” va “Manchester Yunayted” klublari ayni paytda Braziliyaning “Palmeyras” jamoasida to‘p surayotgan “Barselona”ning sobiq hujumchisi Vitor Rokeni kuzatib bormoqda.

London klubi o‘z niyatlarida ancha aniqroq qadamlar tashlamoqda. Bu haqda Football Transfers nashri Sky Sport Switzerland ma’lumotlariga tayanib xabar beryapti.

Manbaning bergan ma’lumotiga ko‘ra, Roke Evropaga qaytish istagida. Futbolchi “Chelsi” bosh murabbiyi Entso Mareskaning uning vatandoshi Estevao bilan qanday ishlayotganidan hayratda.

Avvalroq, 20 yoshli hujumchining ehtimoliy transferi bo‘yicha 50 million evro miqdoridagi summa muhokama qilingan edi.

Roke 2024 yildan 2025 yilgacha “Barselona” futbolchisi hisoblangan. Ushbu davr mobaynida hujumchi 16 ta o‘yinda maydonga tushib, ikkita gol urgan. Ammo uning o‘yini va natijalari kataloniyaliklarni qoniqtirmadi.

Vitor Roke o‘z yurtiga qaytib ketdi va “Palmeyras” safidan joy  oldi. Uning klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning oxirigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 35 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!