Angliya klubi futbolchini majburan olib keladi

  • 17.06.2020 11:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Gavr” tayanch yarim himoyachisi Pape Guye besh yillik shartnoma imzolanganiga qaramay, “Uotford” safiga qo‘shilmasligini e’lon qildi. Angliyaliklar uni sud orqali olib kelmoqchi.

Gap shundaki, frantsiyalik futbolchi shartnoma tuzish chog‘ida agenti uni aldaganini iddao qilmoqda. Chunki, kelishuv shartlari Guyeni umuman qoniqtirmaydi.

- Bu mojaroda mening birgina aybim menga noto‘g‘ri maslahat bergan odamga ishonib qolganim. Mening ahvoli shartnoma tuzishga yaqin turgan futbolchilarga dars bo‘lsin. Shartnoma hali kuchga kirmadi va men “Uotford”ga bormayman, - dedi Pape Guye.

Bu gaplar Zlatanga rosa yoqdi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!