Angliya klubi Saudiyaga oʻyinchi joʻnatadigan boʻldi

  • 12.01.2026 19:28
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Keyingi yillarda katta sarmoya kiritilishiga qaramay, Angliya Premier-ligasining o‘rtamiёна jamoasi maqomidan yuqorilay olmayotgan “Nyukasl” o‘z futbolchisini Saudiya Arabistoniga yuborishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. 

Teamtalk nashrining yozishicha, jamoaning braziliyalik legioneri Joelintonga Saudiya Arabistoni Professional ligasining bir necha klublari jiddiq qiziqish bildirmoqda. Bu transfer yanvar oyidayoq amalga oshishi mumkin.

29 yoshli braziliyalik futbolchi 2019 yil yozidan buyon “qarg‘alar” safida to‘p surib kelmoqda. Joelinton bilan “Nyukasl” o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2028 yilning  iyun oyi oxirigacha amal qiladi. 

Futbolchining bozor qiymati 30 million yevroga baholanmoqda. Joriy mavsumda u APLda u 14 ta o‘yin o‘tkazib, uchta sariq kartochka olgan.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!