Angliya klublari Chempionlar ligasida 100 foiz natija qayd etdi
Joriy mavsumda Angliyaning 6 ta jamoasi UEFA Chempionlar ligasida ishtirok etmoqda. Qo‘shimcha yo‘llamni APL o‘tgan mavsumgi reyting natijalari orqali qo‘lga kiritgan bo‘lsa, "Tottenxem" Yevropa ligasidagi g‘alabasi tufayli Yevropaning eng nufuzli musobaqasiga chiqish huquqini qo‘lga kiritdi.
Qiziği shundaki, Premyer-liganing barcha olti vakili umumiy bosqich yakunlanishiga bir tur qolgandiyeyoq Chempionlar ligasi pley-offiga chiqishni kafolatladi. "Arsenal", "Liverpul", "Tottenxem", "Nyukasl", "Chelsi" va "Mançester Siti" turnirda ishtirokini davom ettiradi.
Qayd etish joiz, "Arsenal" allaqachon to‘g‘ridan-to‘g‘ri 1/8 finalga yo‘l olgan. Qolgan APL jamoalari esa hozircha pley-offning saralash bosqichiga chiqishni ta’minladi.
Ma’lumot uchun, ayni paytda turnirning keyingi bosqichiga chiqqan jamoalar soni 15 tani tashkil etmoqda.
Fikrlar