Angliya kubogi. Chorak final juftliklari bilan tanishing

  • 10.03.2026 01:21
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

Angliya Futbol Assotsiatsiyasining rasmiy saytida 2025/2026 yildgi Angliya Kubogi chorak finali juftliklari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, "Manchester Siti" keyingi bosqich yo‘llanmasi uchun "Liverpul"ga qarshi bahs olib boradi. Quyida qolgan juftlklar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

"Sautgempton" — "Arsenal"

"Chelsi" — "Port Veyl"

"Vest Xem Yunayted / Brentford"— "Lids Yunayted"

Mazkur bosqich o‘yinlari 4 va 5 aprel kunlari o‘tkaziladi. Amaldagi chempion "Kristal Pэlas" hisoblanadi. Ular finalda "Manchester Siti"ni 1:0 hisobida mag‘lub etgan edi.

Eng ko‘p marta ushbu kubokni "Arsenal" jamoasi qo‘lga kiritgan — “kanonirlar”ning hisobida 14 ta g‘alaba bor. Ikkinchi o‘rinda "Manchester Yunayted" (13), uchinchi o‘rinda esa "Liverpul", Tottenxэм" va "Chelsi" (har birida 8 g‘alaba) jamoalari turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!