
Angliya Liga Kubogi. "Liverpul" "Lids"ni mag‘lubiyatga uchratib, yarim finalga chiqdi
Angliya Liga Kubogi chorak finalida "Liverpul" o‘z maydonida "Lids" futbolchilariga qarshi bahs olib bordi.
Qiziqarli kechgan o‘yinda mersisaydliklar 2:0 hisobida zafar quchdi. Uchrashuvning 76-daqiqasida Divok Origi hisobni ochgan bo‘lsa, 81-daqiqada 17 yoshli Ben Vudbern hisobni oshirdi.
Aynan shu gollar evaziga "Liverpul" yarim finalga yo‘l oldi.
Liverpul – Lids 2:0 (0:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 76 Origi, 2:0 – 81 Vudbern.
Liverpul – Minole, Aleksander-Arnold, Klavan, Moreno, Jan, Leyva, Veynaldum, Edjaria (Milner, 82), Mane, Styuart (Vudbern, 67), Origi (Gruyich, 90).
Lids – Silvestri, Bartli, Teylor, Berardi, Kuper (Eyling, 46), Ruf, O`Keyn (Fillips, 28), Dallas (Vud, 62), Ronaldo Vieyra, Sako, Dukara.
Ogohlantirishlar: Dukara (56), Origi (90).
Fikrlar