Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Angliya Premer-ligasining ramziy termasidan kimlar joy oldi?

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Hozir eng zo‘rlari shular

Whoscored statistika portali rasmiy sayti orqali Angliya Premer-ligasining yakunlangan mavsumi bo‘yicha ramziy terma jamoasini e’lon qildi.

Ushbu portal talqiniga ko‘ra, yil davomida o‘rtacha 7,7 ballga loyiq ko‘rilgan “Arsenal” yarim himoyachisi Bukayo Saka eng yaxshi o‘yinchi, deb topildi.

Ramziy terma jamoa esa quyidagicha ko‘rinish oldi:

Darvozabon:

Alfons Areola (“Vest Xem Yunayted”, 7,0 ball).

Himoyachilar:

Trent Aleksander-Arnold (“Liverpul”, 7,1), Virjil van Deyk (“Liverpul”, 7,1), Jeyms Tarkovski (“Everton”, 7,1), Yoshko Gvardiol (“Manchester Siti”, 7,0).

Yarim himoyachilar:

Bukayo Saka (“Arsenal”, 7,7), Rodri (“Manchester Siti”, 7,6), Koul Palmer (“Chelsi”, 7,5), Filip Foden (“Manchester Siti”, 7,6).

Hujumchilar:

Erling Xoland (“Manchester Siti”, 7,4), Son Xyon Min (“Tottenxem”, 7,3).

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q