Asosiy mazmunga oʻtish

Angliya superklubi 8 futbolchini sotib, bitta zo‘r to‘purar oladi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

O‘zgarish katta bo‘ladi

Taniqli futbol insayderi Fabritsio Romano “Chelsi” klubining yozgi transferlar davriga mo‘ljallagan rejalari haqida ma’lumot tarqatdi.

“Aristokratlar” yuqori saviyadagi to‘purar hujumchiga ehtiyoj sezmoqda. Tabiiyki, ko‘p gol ura oladigan hujumchilar o‘ta qimmat turadi.

Transfer uchun etarli mablag‘ jamg‘arish maqsadida londonliklar 7-8 nafar o‘yinchisini sotib yuborishni rejalashtiryapti.

Klub mutasaddilari jamoadan birinchilardan bo‘lib ketadigan o‘yinchilari ro‘yxatiga Kepa Arrisabalaga, Aksel Disasi, Renatu Veyga, Trevo Chaloba, Karni Chukvuemeku, Joau Feliks, Kristofer Nkunkuni kiritdi. Vaziyatga qarab, boshqa futbolchilar ham transferga qo‘yiladi.

O‘z navbatida, “Chelsi” olmoqchi bo‘layotgan hujumlar ro‘yxati ham tayyor. Yozda klub rahbariyati Liam Delap, Aleksander Isaak, Viktor Osimxen va Viktor Bonifatsedan birini olib kelishga urinib ko‘radi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q