Angliya superklubi Messini oladigan bo‘ldi
PSJ bilan shartnomasi yozda yakunlanadigan Lionel Messi faoliyatini sobiq ustozi Xosep Gvardiola jamoasida davom ettirishi mumkin.
“Manchester Siti” rahbariyati 2023 yilning yozida Lionel Messini o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatlarini o‘rganib chiqmoqda. Bu haqda El Nacional nashri xabar tarqatdi.
“Shaharliklar” 35 yoshli futbolchining Erling Xoland va Kevin de Bryuyne bilan birga hujum uchligini tashkil qilishini istayapti.
Ayni paytda argentinalik yulduzning o‘zi ikki variant borasida bosh qotirmoqda. U hozirgi klubi bilan kelishuvni uzaytirishi yoki “Barselona”ga qaytib ketishi mumkin.
Mutaxassislar “Manchester Siti”dek jamoaning chorlovi vaziyatni burib yuborishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Fikrlar