Angliya superklubi “Real” yulduzi bilan muzokara boshladi

  • 01.04.2026 08:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliya Premier-ligasida peshqadamlik qilayotgan “Arsenal” yozgi transferlar oynasi davrida jamoa tarkibini kuchaytirishni redalashtirmoqda.

“Kanonirlar” jamoa hujumkorligini oshirish maqsadida “Real”dan hujumkor futbolchi Braim Diasni olishga qaror qilgan. Bu haqida TEAMtalk nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Diasga og‘iz solayotgan klublar ko‘p, biroq o‘yinchi uchun kurashda “Arsenal” favorit hisoblanadi.

“Real” mutasaddilari ham Braim Dias bilan xayrlashishga qarshi emas va “Qirollik klubi” bir necha klublar, xususan, Angliya Premier-ligasi jamoalaridan bir nechta takliflar olgan.

Agar da’vog‘ar klublar madriddliklar mo‘ljallidagi summani tikadigan bo‘lsa, Braim Dias transferi amalga oshadi.

“Arsenal”dan tashqari, “Tottenxem Xotspur” va “Nyukasl Yunayted” kabi boshqa badavlat klublar ham Dias atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!