Angliya superkubogi nega har galgidek "Uembli"da o‘tkazilmayapti?
Bugun Angliya superkubogi doirasida "Liverpul" va "Manchester Siti" jamoalari o‘rtasida bahs bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Lester shahridagi "King Pauer" o‘yingohida bo‘lib o‘tadi.
Qizig‘i, Angliya superkubogi oxirgi 10 yildan beri "Uembli" stadionida o‘tkazilardi. Bu safar bellashuv "Lester" klubi maydonida bo‘lib o‘tadi.
Bunga sabab sifatida ertaga ayollar o‘rtasida Evropa chempionati finali bo‘lib o‘tishi ko‘rsatilgan. Finalda mezbon Angliya va favorit sifatida qaralayotgan Germaniya terma jamoasi to‘qnash keladi. Mazkur uchrashuv "Uembli"da o‘tadi. Evro finaliga tayyor bo‘lishi uchun Angliya superkubogi Lesterdagi o‘yingohda bo‘ladi.
Fikrlar