Angliya terma jamoasi yulduzi faoliyatini MYUda davom ettirishi mumkin

  • 22.01.2026 15:19
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol

"Chelsi" yarim himoyachisi Palmer faoliyatini "Manchester Yunayted" safida davom ettirishi mumkin. Bu haqida jurnalist Den King ma'lum qildi. 

Manba ma'lumotiga ko‘ra, ingliz futbolchisining o‘zi MYUdan taklif tushsa ko‘rib chiqishga tayyorligini aytgan. Xavbek bolaligidan beri "qizil iblislar"ga muxlislilik qiladi. Shuningdek, Palmerga Londondagi hayot unchalik yoqmayapti. U Manchesterdagi do‘stlarini sog‘inmoqda. Ma'lum bo‘lishicha, MYU 23 yoshli futbolchi uchun "aristokratlar"ga Manuel Ugarten bilan birga 20 million funt qo‘shib berishga tayyor. 

Angliyalik futbolchining hozirda "transfermarkt" portalidagi narxi 120 million yevroni tashkil etadi. Uning London klubi amaldagi shartnomasi 2033 yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Eslatib o‘tamiz, Koul 2023 yilda "Manchester Siti"dan "Chelsi" tarkibiga kelib qo‘shilgan edi. U shu davr mobaynida "ko‘klar" safida 110 ta uchrashuvda maydonga tushib, 48 ta gol va 29 ta golli uzatmani o‘z nomiga yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!