Angliya termasini boqargan mashhur murabbiy umri bir yildan kam qolganini aytdi

  • 13 yanvar, 2024, 15:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Sven-Yoran Eriksson og‘ir dardga chalinganini va umri bir yildan uzoqqa cho‘zilmasligidan xabardor ekanini oshkor qildi.

Tecno

Hamma kasalligimni biladi. Bu juda yoqimsiz dard. Hamma saratonning nima ekanini yaxshi biladi. O‘zim esa, imkonim boricha kurashishim shart.

Eng yaxshi holatda yana bir yil yashashim mumkin yoki undan kamroq. Odam bu borada o‘ziga ishonmas ekan. Shuning uchun dard haqida o‘ylayvermagan ma’qul, - dedi 75 yoshli Eriksson.

Bu mutaxassis Angliya terma jamoasini 2001-2006 yillar davomida boshqargan. Terma jamoani topshirganidan keyin “Manchester Siti” va “Lester” jamoalarida murabbiylik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
АБВГДейка
13/01/2024 15:28
Хеч ким ва хеч нарса абадий эмас