Angliya va Belgiya qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi

  • 14.10.2023 02:01
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol

Evro saralashidan o‘rin olgan Avstriya - Belgiya uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va belgiyaliklar 2:3 hisobida zafar quchdi.

Mazkur bahsda Lukebakio dubl va Lukaku bitta gol urgan bo‘lsa, Laymer va Sabitser javob qaytardi. 

Ushbu g‘alabadan keyin Belgiya guruhda birinchi o‘ringa chiqib oldi. 

Angliya esa Avstraliya bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazib, 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. 

O‘yindagi yagona gol 57-daqiqada Uotkins tomonidan urildi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!