Angliyada qaysi jamoa chempion bo‘lishi hozirdan aytildi
Opta statistika markazi superkompyuteri Angliya Premer-ligasining 29-turidan keyin jamoalarning chempionlik imkoniyatlarini qayta hisoblab chiqdi.
“Manchester Siti” futbolchilari “Nottingem Forest” bilan durang o‘ynab, ikki ochko yo‘qotganidan keyin musobaqa jadvalidagi peshqadamlik qilayotgan “Arsenal”ning ustunligi sezilarli darajada oshdi.
Opta superkompyuteri maxsus algoritmlarga asoslanib qilgan hisob-kitobiga ko‘ra, londonliklarning chempion bo‘lish ehtimoli qariyb 93 foizga yetgan bo‘lsa, “Manchester Siti”ning raqobatchilardan o‘zib ketish imkoniyati 7 foizdan sal yuqoriroq hisoblandi.
Qolgan barcha jamoalarning chempionlik uchun kurashish imkoniyati amalda qolmagani qayd etildi.
Fikrlar