Angliyada Satpaevni “Manchester Siti” afsonasiga qiyoslashdi

  • 29.07.2026 21:44
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Buyuk Britaniyaning yetakchi media kompaniyasi BBC Londonning «Chelsi» klubi safida ilk bor maydonga tushgan qozog‘istonlik yosh hujumchi Dastan Satpaev haqida maxsus material e’lon qildi, deb xabar beradi Sports.kz.

Satpaev Angliya klubi uchun debutini Avstraliya safari doirasida o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida amalga oshirdi. «Chelsi» «Western Sidney Vonderers» jamoasiga qarshi gollarga boy bellashuvda 6:4 hisobida g‘alaba qozondi va ushbu o‘yinda Dastanning harakatlari ingliz OAV e’tiborini tortdi.

Klubga yaqin jurnalist Nizzar Kinsella tayyorlagan maqolada ta’kidlanishicha, 17 yoshli forvard Angliya premyer-ligasida maydonga tushgan ilk qozog‘istonlik futbolchiga aylanishni maqsad qilgan.

«O‘z yurtida u allaqachon super yulduz sifatida qabul qilinadi. Milliy terma jamoa safida o‘ynashga ulgurgan. Uning ortidan yuzlab muxlislar Avstraliyaga ham yetib keldi: yakshanba kuni ochiq mashg‘ulotga, seshanba kuni esa Sidneydagi o‘yinga yurtdoshlari tashrif buyurishdi. Tezkor, jarima maydonida chaqqon va bo‘yi juda baland bo‘lmagan Satpaev uslubi jihatdan ko‘pincha „Manchester Siti“ning sobiq hujumchisi Serxio Aguero bilan solishtiriladi», — deya yozadi muallif.

«Chelsi»ning navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvi 1 avgust kuni «Tottenxem»ga qarshi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!