Angliyadagi yulduz “Real”ga o‘tish yo‘lini aytdi

  • 20.03.2026 08:39
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Tottenxem” yetakchilaridan Pedro Porro o‘zining “Real” klubiga o‘tishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

Evropa matbuotining yozishicha, 26 yoshli ispan futbolchisiga qit’aning bir necha nufuzli klublari xaridor bo‘lmoqda.

- “Real”ga o‘tamanmi? Bolalikda inson juda ko‘p narsalarni orzu qiladi. Hozir men o‘zimga va doimiy rivojlanishga e’tibor qaratyaman.

Dunyoning eng yaxshi jamoalarida o‘ynash uchun ko‘plab jihatlarda o‘zingni ko‘rsatishing kerak. Menimcha, hali ishlashim kerak bo‘lgan tomonlar bor. Kelajakda nima bo‘lishini ko‘ramiz, - dedi Pedro Porro El Larguero nashri jurnalistlariga.

Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 40 million yevro deb baholaydi.

Joriy mavsumda Porro “Tottenxem” safida 35 o‘yinda maydonga tushib, 5 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!