Angliyaga futboldan chetda yurgan darvozabon keladi

  • 20.09.2021 11:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Kutilganidan ancha past darajada o‘ynayotgan “Arsenal” qishki va yozgi transferlar vaqtida tarkibini yangilashni rejalashtirmoqda.

“Kanonirlar” darvozabon masalasi kamerunlik Andre Onanani transfer qilish orqali hal etmoqchi. “Ayaks” posboni yil boshida doping testdan o‘ta olmagan edi. 25 yoshli darvozabonga to‘qqiz oylik  diskvalifikatsiya qo‘llanilgan va kelayotgan noyabr oyigacha maydonga tusha  olmaydi.

Andre Onananing amsterdamliklar bilan hamkorligi mavsum oxirida yakunlanadi. Tomonlar hali yangi bitim borasida kelishgani yo‘q. Shu bois, londonliklar futbolchini kelasi yoz erkin agent sifatida jamoaga olib kelmoqchi.

Andre Onana doping mojarosigacha bir necha yildan beri “Ayaks”ning asosiy darvozaboni vazifasini bajarib kelayotgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!