Angliyani boshqargan murabbiyni vaqtincha ishga taklif qilishyapti

  • 22.02.2026 17:57
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliya Premier-ligasida ishtirok etayotgan “Kristal Pэlas”ning bu mavsum oʻyini va natijalari kutilganidek boʻlmayapti. Oʻtgan yili Angliya kubogi va Superkubogini qoʻlga kiritgan jamoa bu gal hech qanday sovrin yoki Yevropa kuboklari yoʻllanmasiga umid qila olmaydi.

Klub rahbariyati bosh murabbiy Oliver Grasnerni isteʼfoga chiqarmoqchi. Yozda uning oʻrniga boshqa mutaxassis olib kelinadi. “Kristal Pэlas” moʻljallagan murabbiylarning hozir ishi bor.

Shu bois, klub xoʻjayinlari joriy mavsum oxirigacha jamoani boshqarib turishga Angliya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Garet Sautgeytni taklif qildi va uni hamkorlikka koʻndirishga harakat qilyapti.

Garet Sautgeyt Angliya terma jamoasidan ketganidan keyin hali oʻziga jamoa tanlagani yoʻq. Avvalgi mavsum arafasida “Manchester Yunayted” bir necha bor uni boshqaruvga olib kelishga urinib koʻrgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!