Angliyaning asosiy futbolchilari Tuxeldan norozi
Angliya terma jamoasining ayrim futbolchilari jahon chempionati yarim finalida Argentinga qarshi o‘yinning so‘nggi qismida bosh murabbiy Tomas Tuxel tanlagan taktikadan norozi bo‘lib qolishgan.
Bir kun avval Angliya Argentinga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Angliyaliklar ikkinchi bo‘lim boshida hisobni ochishgan bo‘lsa-da, uchrashuv so‘nggi daqiqalarida ikki marta gol o‘tkazib yuborishdi.
Bu ikki gol Tuxel maydonga Ezri Konsa, keyin esa Den Børn va Niko O'Raylini tushirganidan keyin urildi. Besh nafar himoyachi bilan o‘ynash va minimal ustunlikni saqlab qolishga qaratilgan taktika o‘zini oqlamadi.
BBC manbalariga ko‘ra, “bir nechta asosiy futbolchilar” Angliyaning uchrashuvning hal qiluvchi qismida qanday harakat qilganidan norozi bo‘lib qolishgan.
Ayrim futbolchilarning fikricha, Angliya raqibni o‘z darvozasidan uzoqroq ushlab turish va himoyachilarga nafas rostlash imkoniyatini berish uchun ko‘proq pressing qo‘llashi kerak edi.

Fikrlar