Angliyaning ikki klubiga Italiyadagi futbolchi kerak
Turinning «Yuventus» jamoasi yarim himoyachisi Tyon Kopmeyners Angliya premyer-ligasi klublaridan takliflar olmoqda. Bu haqida ijtimoiy tarmoqlarda insayder Ekrem Konur xabar berdi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, 28 yoshli Niderlandiya terma jamoasi a'zosini «Everton» jamoasi o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. «Irislar» qishki transfer oynasining o‘zidayoq futbolchini sotib olish niyatida.
Kopmeynersga faqat «Everton» emas, balki «Nyukasl» hamda Istanbulning «Galatasaray» klubi ham qiziqish bildirgan.
Niderlandiyalik yarim himoyachi «Yuventus» tarkibini tark etishi mumkin. Bunga asosiy sabab sifatida u yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega emasligi ko‘rsatilmoqda.
Kopmeynersning transfer bahosi taxminan 14 million yevro atrofida baholanmoqda. Uning «Yuventus» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.
Joriy mavsum A seriyasida Kopmeyners beshta o‘yinda maydonga tushib, bir gol urdi va bir golli uzatma muallifiga aylandi.

Fikrlar