
Angliyaning to‘purar futbolchisi mashg‘ulotlarda jarohat oldi
Angliya milliy terma jamoasi UEFA Millatlar Ligasi doirasida Daniya termasiga qarshi uchrashuvda maydonga tushadi. O‘yinoldi mashg‘ulotlar davomida 2 nafar ingliz futbolchisi Denni Ingz hamda Kiran Tripper o‘zaro to‘qnashib ketishdi.
Ikki futbolchi ham yordamchi murabbiyning hushtagidan keyin katta tezlikda yugurishni boshladi. Bu vaqtda ular ehtimoliy to‘qnashuvga mutlaqo tayyor emas edi va ularning boshlari bir-biriga urilib ketdi. Natijada, har ikki futbolchi ham bir necha daqiqa maydonda yotdi.
Denni Ingz bu mavsum APLda 22 ta gol urdi.
Fikrlar