Anish Giri: "Nodirbek bilan o‘yin oldidan meni jiddiy qarama-qarshilik kutayotganini tushunyapman"

  • 25.01.2026 14:51
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Shaxmat

Habaringiz bor, Niderlandiyaning Veyk-an-Zi shahri "TATA Steel Chess Tournament 2026"ga mezbonlik qilmoqda.

Giri va Abdusattorov 7-turdagi partiyalarini muvaffaqiyatli o‘tkazishdi. Nodirbek Keymerni mag‘lub etdi, niderlandiyalik Giri esa amaldagi jahon chempionini yengdi. Endi esa ular 8 turda o‘zaro bahs olib borishadi.

Anish Giri bo‘lajak partiya oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.

"Bugungi partiyamdan juda mamnunman, lekin u ertangi kun uchun katta ahamiyatga ega deb o‘ylamayman. Men, ehtimol, allaqachon yetarlicha tajribali va qarib qolganman, shuning uchun  yaxshi yoki yomon tomoni bilan bunday natijalar endi menga avvalgidek kuchli ta’sir qilmaydi.

Bir tomondan, men yanada barqarorroq bo‘ldim, boshqa tomondan esa kamroq hissiyotli. G‘alabadan keyin shuni tushunaman: agar ertaga yutmasang, bugungi natijaning baribir ahamiyati yo‘q. Yoki aksincha. Men hayotda va shaxmatda deyarli barcha holatlarni boshdan kechirganman, shuning uchun bilaman bu unchalik muhim emas. Albatta, bugungi partiyadan xursandman va Nodirbek bilan o‘yin oldidan meni jiddiy qarama-qarshilik kutayotganini tushunayman", -deydi Giri.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!