Anri "Arsenal"ni boshqarmoqchi

  • 25.02.2020 17:32
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Arsenal" klubi afsonasi Terri Anri "kanonirlar"ni boshqarish istagi borligini aytdi.

“Men chindan ham “Arsenal”ni boshqarishni orzu qilaman. Ammo bu orzu ushlanadi degani emas. Lekin, tirik ekanman bu jamoani boshqarishni xohlayman”, - deydi Anri.

Ma’lumot uchun, Anri “Arsenal” safida 1999-2007 hamda 2011/12 yillarda to‘p surgan. U ushbu davr ichida jami 375 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 228 ta gol hamda 90 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Anri murabbiy sifatida  Belgiya terma jamoasi va "Monako" klubida ishladi. Hozir esa AQShning "Monreal Impakt" klubini boshqarmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!