
Ansu Fatining tiklanishi cho‘zilmoqda
“Barselona” hujumchisi Ansu Fatining sog‘ayishi cho‘zilib ketmoqda. Mundo Deportivo nashrining ma’lum qilishicha, iste’dodli futbolchi aprelda safga qaytishi mumkin. Hozircha u to‘p bilan mashg‘ulot o‘tkazish darajasida emas.
Bundan tashqari, klub murabbiylar shtabi ham uzoq muddatdan buyon maydonga tushmay kelayotgan Fatini darhol o‘yinga tushirmoqchi emas. Ular futbolchi to‘liq tiklanib olishi uchun kutishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, Ansu Fati noyabr oyida jarohat olgan va tizzasidan operatsiya qilingan edi. U joriy mavsum “Barselona” safida 10 ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 5 ta gol hamda 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar