
Antoni: "Men o‘z qadrimni bilaman"
Hozirda "Betis" safida ijara asosida to‘p surayotgan Antonining aytishicha, uning shaxsiy hayoti MYu safida o‘zini to‘liq ko‘rsatish uchun xalaqit bergan.
“Shaxsiy hayotim juda ko‘p xalal berdi, men boshimdan o‘tkazgan narsalarni boshdan kechirdim. Bu menga yoqadimi yoki yo‘qmi — juda kuchli ta’sir qildi. Men o‘z salohiyatimni bilaman – bejizga jahon chempionatiga bormaganman, bejizga katta pul evaziga "Manchester Yunayted"ga sotilmaganman. Men o‘z qadrimni bilaman. Odamlar ba’zi lahzalarni ko‘radi, lekin umumiy manzarani hisobga olmaydi. MYuda ham yaxshi, ham yomon onlarim bo‘lgan, biroq men bundan ham ko‘proq narsani qilgan bo‘lardim, yaxshi o‘ynagan bo‘lardim”, – deya Antoni so‘zlarini keltirdi ESPN Brasil.
Antoni yanvar oyida “Betis” safiga ijara asosida o‘tgan edi. Shu vaqt mobaynida u barcha musobaqalarda 16 ta o‘yinda maydonga tushdi, to‘rtta gol urdi va to‘rtta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining “Manchester Yunayted” bilan amaldagi shartnomasi 2027-yil yozigacha mo‘ljallangan. "Transfermarkt" portaliga ko‘ra, uning bozor qiymati 20 million evroga teng.
Fikrlar