Antonio Konte “Tottenxem” futbolchilariga chempion bo‘lish sirini aytdi

  • 04.11.2021 11:12
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Tottenxem”ni qabul qilib olgan italiyalik mutaxassis Antonio Konte yangi shogirdlariga qay uslubda ish olib borishini aytdi.

Katta tanaffusdan so‘ng “Inter”ni chempion qilgan murabbiy ingliz klubi o‘yinchilariga ham chempionlik sirini o‘rgatishini ta’kidladi. Buning uchun Konte har bir futbolchi bilan ochiq muloqotga tayyorligi va shogirdlaridan ham o‘ziga nisbatan shu munosabatni kutishini bildirdi.

Tajribali mutaxassis jamoada birdamlik muhim va mavsum oxirida rohatlanish uchun mashaqqatli mehnatdan qochmaslik kerak, degan fikrni o‘rtaga tashladi.

Konte “Tottenxem” futbolchilariga g‘oliblik ruhini singdirmoqchi va buning uchun o‘yinchilar mashg‘ulotlarda qattiq ishlariga va chidashlariga to‘g‘ri kelishini uqtirdi.

“Tottenxem” rahbariyati italiyalik mutaxassis bilan 2023 yilning yarmigacha shartnoma tuzgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!