Antuan Grizmann: Men "Atletiko"dan ketishimni e’lon qilganimda qaysi klubga o‘tishim noma’lum edi

  • 27 iyul, 2019, 21:26
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyalik Antuan Grizmann "Barselona"ga o‘tishi xaqidagi savollarga javob qaytardi.

Tecno

Siz "Atletiko"dan ketishingizni may oyining o‘rtalarida e’lon qildingiz. "Barsa" bilan 2 odan keyin shartnoma tuzdingiz. Transfer bekor qilinishidan qo‘rqmadingizmi?

"Atletiko"dan ketishimni oshkor qilganimda, qaysi jamoaga o‘tishim noma’lum edi. Ammo yangi takliflardan birini qabul qilishimni bilardim. Uzoq o‘ylab, Kataloniya klubi taklifini qabul qildim. Boshqa takliflar "Barselona" kabi men uchun ma’qul kelmadi."

Juda uzoq kutmadingizmi?

"Barchasi bir hafta ichida hal bo‘ldi. Ha, juda uzoq kutdim. Juda ko‘p qo‘ng‘iroqlar, chaqiruvlar bo‘ldi. Kataloniyadan chaqiruv bo‘lganida juda xursand bo‘ldim."

"Ko‘k-anorranglilar"ga qanday kayfiyatda keldingiz?

"Men chinakamiga yanada o‘sishni, o‘ynashni, murabbiy uchun va kiyim almashtirish xonasida muhim futbolchi bo‘lishni, futboldan zavqlanishni istayman. Men jamoaga yordam berish uchun keldim," - deb savollarga javob berdi Grizmann.

Manba: Mundo Deportivo

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!