
Anvar Boynazarov ishtirok etishi kerak bo‘lgan turnir qoldirildi
Avvalroq, hamyurtimiz Anvar Boynazarov "Titan FC" promoushenida oktagonga ko‘tarilishi haqida xabar bergan edik. U navbatdagi jangida AQSh vakili Ryan Kuse bilan to‘qnash kelishi kerak edi.
Mazkur turnir 18 fevral kuni AQShda o‘tkazilishi rejalashtirilgandi, biroq ayrim sabablarga ko‘ra mart oyiga qoldirildi.
Ma’lumot uchun, Boynazarov MMAda qatorasiga 3ta jangda g‘alaba qozonib kelyapti.
Fikrlar