Anxel di Mariya Ronaldu Messidan nimasi bilan ustun ekanini aytdi

  • 01.02.2026 17:54
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol

Argentina terma jamoasi va "Real Madrid" sobiq futbolchisi Anxel di Mariya Messi yoki Ronalduni degan savolga quyidagicha javob berdi.

"Professionalik bo‘yicha shubhasiz Krishtianu birinchi o‘rinda. Uning o‘z ustida qanday ishlashini kuzatish, Messi bilan raqobatda doim eng yaxshisi bo‘lishga intilishini tomosha qilish ajoyib edi. Uning harakatlaridan hayratda qolmasdan boshqa iloj yo‘q. Biroq u Messi bilan bir davrda o‘ynagan va o‘z maqsadlariga erishish doim qiyin bo‘lgan", - dedi argentinalik futbolchi.

Bundan tashqari, Di Mariya Messiga eng yaxshi bo‘lishdek ilohiy qobiliyat berilganligini ta’kidladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!