
APL. 104 daqiqa davom etgan o‘yinda "Nyukasl" 10 kishi bo‘lib qolgan Lempard shogirdlariga mag‘lub bo‘ldi
APL 27-turidan o‘rin olgan qoldirilgan o‘yinda "Everton" o‘z maydonida "Nyukasl"ni qabul qildi. Mazkur bahsda mezbonlar 1:0 hisobida raqibdan ustun keldi.
Aleks Ivobi tomonidan 90+9-daqiqada kiritilgan gol amalda o‘yin taqdirini hal qildi.
Shu tariqa, "irischilar" hisobidagi ochkolari sonini 25 taga etkazib oldi. Ayni vaqtda ular APL turnir jadvalida 17-o‘rinda bormoqda. 31 ochkosi bor "qarg‘alar" 14-pog‘onadan joy olgan.
Eslatib o‘tamiz, ushbu bellashuvning 83-daqiqasida mersisaydliklar yarim himoyachisi Allan qizil kartochka olib maydonni tark etdi.
Fikrlar