APL. 27-tur natijalari va turnir jadvalidagi holat bilan tanishing

  • 24.02.2026 07:19
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

Angliya Premier-ligasining 27-turidan o‘rin olgan barcha uchrashuvlar o‘z nihoyasiga yetdi. Mazkur tur doirasida ham bir qator qiziqarli va keskin bahslar bo‘lib o‘tdi.

Xususan, chempionlik uchun asosiy da’vogar hisoblangan "Arsenal" safarda "Tottenxem"ga qarshi o‘yinda 4:1 hisobida g‘alaba qozonib, muhim ochkolarni qo‘lga kiritdi.
"Kanonirlar"ning asosiy raqobatchisi sanalgan "Manchester Siti" esa o‘z uyida "Nyukasl"ni 2:1 hisobida mag‘lub etib, peshqadamni quvishda davom etmoqda.

Shuningdek, "Liverpul" hamda "Manchester Yunayted" jamoalari o‘z bahslarida raqiblarini taslim qilgan bo‘lsa, "Chelsi" "Vest Xem" bilan durang qayd etdi.

Ma’lumot uchun, ayni paytda Mikel Arteta shogirdlari 61 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o‘rinda 56 ochko jamg‘argan "shaharliklar" joylashgan. Kuchli uchlikni esa 51 ochkoga ega "Aston Villa" jamoasi yakunlab bermoqda.

Quyida 27-turda qayd etilgan barcha natijalar hamda turnir jadvalidagi holat bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!