APL. 28-turda qayd etilgan natijalar va turnir jadvalidagi holat bilan tanishing

  • 03.03.2026 19:50
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

Angliya Premier-ligasining 28-turidan o‘rin olgan barcha uchrashuvlar o‘z nihoyasiga yetdi. Mazkur tur doirasida ham bir qator qiziqarli va keskin bahslar bo‘lib o‘tdi.

Xususan, chempionlik uchun asosiy da’vogar hisoblangan "Arsenal" safarda "Chelsi"ga qarshi o‘yinda 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, muhim ochkolarni qo‘lga kiritdi.
"Kanonirlar"ning asosiy raqobatchisi sanalgan "Manchester Siti" esa o‘z uyida "Lids"ni 1:0 hisobida mag‘lub etib, peshqadamni quvishda davom etmoqda.

Shuningdek, "Liverpul" hamda "Manchester Yunayted" jamoalari o‘z bahslarida raqiblarini taslim qildi.

Ma’lumot uchun, ayni paytda Mikel Arteta shogirdlari 64 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o‘rinda 59 ochko jamg‘argan "shaharliklar" joylashgan. Kuchli uchlikni esa 51 ochkoga ega "qizil iblislar" jamoasi yakunlab bermoqda.

Quyida 28-turda qayd etilgan barcha natijalar hamda turnir jadvali bilan tanishing.


 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!