APL. 35-turda qayd etilgan natijalar va turnir jadvalidagi holat bilan tanishing
APLda 35-tur o‘yinlari o‘z nihoyasiga yetdi. Mazkur turda qator qiziqarli bahslar va kutilmagan natijalar qayd etildi.
Chempionlik uchun kurashayotgan “Arsenal” o‘z maydonida “Fulxem”ni 3:0 hisobida yirik mag‘lub etgan bo‘lsa, uning asosiy raqobatchisi “Manchester Siti” safarda “Everton” bilan 3:3 hisobida durang o‘ynadi.
Shuningdek, “Manchester Yunayted” “Liverpul”ni mag‘lub etib, kelasi mavsumda YEChLda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot uchun, ayni paytda “kanonirlar” 76 ochko bilan turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi. Xosep Gvardiola shogirdlari esa 71 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. “shaharliklar”da bitta zahira o‘yini ham mavjud.
Quyida 35-turda qayd etilgan natijalar va turnir jadvalidagi holat bilan to‘liq tanishing.



Fikrlar