APL. "Arsenal" bir amallab "Vest Xem"ni engdi va yana o‘z o‘rniga qaytdi (turnir jadvali)

  • 1 may, 2022, 22:25
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

APL 35-turidan o‘rin olgan "Vest Xem" - "Arsenal" bahsi yakuniga etdi. Unda mehmonlar 2:1 hisobida raqibdan ustun keldi. 

Dastlab, 38-daqiqada Xolding hisobni ochdi. Birinchi taym so‘nggiga yaqin Bouen muvozanatni tikladi. 54-daqiqada Gabriel "kanonirlar"ni yana hisobda oldinga olib chiqdi. 

Ushbu g‘alabadan so‘ng Arteta shogirdlari hisobidagi ochkolari sonini 63 taga etkazib olgan holda, APL turnir jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 52 ochkosi bor "bolg‘achilar" 7-pog‘onani band etgan. 

photo_2022-05-01_23-19-08

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!