APL. "Arsenal" o‘z uyida "Bornmut"ni qiyinchiliksiz mag‘lub etdi
Angliya Premer ligasining 36-turidan o‘rin olgan "Arsenal" - "Bornmut" bahsi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv londonliklarning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Gollarga Bukayo Saka, Leandro Trossard va Deklan Rayslar mualliflik qildi.
Shu tariqa, Arteta shogirdlari o‘z ochkolari sonini 83 taga etkazib oldi. Keyingi o‘rinda borayotgan "Manchester Siti"da 79 ochko, faqat Gvardiola shogirdlari 34 ta o‘yin o‘tkazgan.

Fikrlar