
APL. "Arsenal" "Real"ga qarshi javob bellashuvidan avval ochko yo‘qotdi
Angliya Premer-ligasining 32-turida Mikel Arteta boshchiligidagi "Arsenal" "Brentford" bilan bahs olib borib, 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida hisob ochilmagan bo‘lsada, ikkinchi bo‘limning 61-daqiqasida "kanonirlar" qarshi hujumga qochib ketib, Deklan Raysning uzatmasidan so‘ng Tomas Parti hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. 74-daqiqaga kelib esa Yoan Bissa hisobni tenglashtirib, londonliklarni g‘alabadan mahrum qildi.
- Angliya - Premier Liga
- Joriy Mavsum
Fikrlar