APL. “Aston Villa” o‘z uyida MYuni mag‘lubiyatga uchratdi
APLning 17-turidan o‘rin olgan “Aston Villa” va “Manchester Yunayted” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Bu turda Amorim shogirdlari birmingemliklar maydoniga safar qilib, 2:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Uchrashuvning 45 daqiqasida “Aston Villa” futbolchisi Morgan Rojers hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda esa “qizil iblislar” vingeri Mateus Kunya gol kiritib oradagi farqni yo‘qqa chiqazgan xolda, hisobni tenglashtirdi. Bellashuvning 57-daqiqasida Rojers dublni rasmiylashtirgay xolda mezbonlarning g‘alaba golini kiritdi.
Bu g‘alabadan so‘ng Unai Emeri shogirdlari 36 ochko jamg‘argan xolda turnir jadvalida 3-o‘rinni egallab turibdi.
- Angliya - Premier Liga
- Joriy Mavsum
Aston Villa
- Morgan Rogers 45'
- Morgan Rogers 57'
Tugadi
2
:
1
21.12.2025 21:30
Manchester Yunayted
- Matheus Cunha 45'
Fikrlar