APL. "Aston Villa" "Vest Xem" ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi

  • 22.10.2023 22:44
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol

APL 9-turidan o‘rin olgan "Aston Villa" - "Vest Xem" uchrashuvi mezbonlarning 4:1 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi. 

O‘yinda Duglas Luis dubl qilgan bo‘lsa, Uotkins va Beyli bittadan gol urdi. "Bolg‘achilar"dan esa Bouen javob qaytardi. 

Shu tariqa, birmengimliklar turnir jadvalida 5-o‘ringa chiqib oldi. "Vest Xem" 9-pog‘onaga tushib ketdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!