APL. "Brayton" o‘z maydonida kambek amalga oshirib, "Manchester Siti"ni mag‘lub etdi

  • 31.08.2025 19:44
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol

Angliyaning Premer-Ligasining 3-turidan o‘rin olgan "Brayton" - "Manchester Siti"  to‘qnashuvi yakuniga etdi.

Ushbu bahsda mezbonlar kambek amalga oshirib, muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi - 1:2.

Dastlab, 33-daqiqada Xoland "shaharliklar" hisobda oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limning 66-daqiqasiga kelib esa, Nunes tufayli yuzaga kelgan penaltini Milner golga aylantirdi.

"Brayton"ning g‘alaba goli esa 88-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Gruda tomonidan kiritildi.

Bahsni asosiy tarkibda boshlagan legionerimiz Abduqodir Husanov 85-daqiqada zaxiraga olindi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!