APL. Bugun kumush medallar uchun jang bo‘ladi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bugun Angliya premer-ligasida mavsumning eng muhim uchrashuvlaridan biri bo‘lib o‘tadi. Aniqrog‘i, musobaqa kumush medallari uchun kurash olib borayotgan “Manchester Yunayted” hamda “Liverpul” o‘zaro bahs yuritishadi.

Aytish lozimki, ayni damda APLning o‘tgan 29ta tur yakunlariga ko‘ra 2- va 3-o‘rinlarda borayotgan ushbu jamoalar orasini faqatgina ikki ochko fark ajratib turibdi. Shu sababli ham bilish mumkinki mavsum yakuniga sanoqli turlar qolgan bir paytda MYu ham “Liverpul” ham imkon qadar yuqoriroq natijani ko‘zlamoqda.

Quyida ushbu jamoalarning bugun maydonga tushishi mumkin bo‘lgan tahminiy tarkibi bilan tanishib olishingiz mumkin:

"Manchester Yunayted"  –  "Liverpul"

Stadion: "Old Trafford" (Manchester)

Boshlanish vaqti: 17:30

Bosh hakam: Kreyg Pouson

“Manchester Yunayted”: De Xea, Valensiya. Smolling, Bayi, Yang, Maktominay, Matich, Pogba, Lingard, Sanches, Lukaku

“Liverpul”: Karius, Aleksander-Arnold, Matip, van Deyk, Robertson, Oksleyd-Chemberlen, Xenderson, Djan, Salax, Mane, Firmino

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!