APL. "Chelsi" ketma-ket 6-uchrashuvda ham mag‘lub bo‘ldi

  • 04.05.2026 22:39
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

APLning 35-turida "Chelsi" oʻz maydonida "Nottingem Forest"ga 1:3 hisobida magʻlub boʻldi. 

Mehmonlar hisobni erta ochdi — 2-daqiqada Tayvo Avoniyi gol urdi. 15-daqiqada esa Igor Jezus penaltiidan foydalanib, hisobni oshirdi. Birinchi boʻlim soʻngida Koul Palmer penalti­ni golga aylantira olmadi.

Ikkinchi boʻlim boshida Avoniyi yana bir bor gol urib, dubll qayd etdi. 73-daqiqada Joao Pedroning goli VAR orqali ofsayd sabab bekor qilindi. Shunga qaramay, u 93-daqiqada chiroyli akrobatik zarba orqali hisobni qisqartirishga muvaffaq boʻldi.

Shu tariqa, "Chelsi" oʻz maydonida navbatdagi magʻlubiyatini qabul qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!