APL. "Chelsi" o‘z maydonida Palmer va Pedroning gollari evaziga "Brentford"dan ustun keldi
Angliya Premier-ligasining 22-turidan o‘rin olgan "Chelsi" - "Brentford" klublari ishtirokidagi to‘qnashuv o‘z nihoyasiga yetdi.
"Aristokratlar" Koul Palmer va Joao Pedroning gollari evaziga 2:0 hisobida zafar quchdi. Braziliyalik hujumchi 26-daqiqada jamoasini hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, angliyalik yarim himoyachi esa 76-daqiqada 11 metrlik jarima zarbasidan unumli foydalanib, hisobni ishonchli ko‘rinishga keltirdi.
Ma’lumot o‘rnida, londonliklar ushbu bellashuvdan so‘ng ochkolar sonini 34 taga yetkazib olib, "Brentford"ni (33) quvib o‘tdi 6-o‘ringa ko‘tarildi.
- Angliya - Premier Liga
- Joriy Mavsum
Chelsi
- João Pedro 26'
- Cole Palmer 76'
Tugadi
2
:
0
17.01.2026 20:00
Fikrlar