APL. “Chelsi” o‘z uyida “Lids”ni mag‘lub etolmadi
APLning 26-turidan o‘rin olgan “Chelsi” hamda “Lids” o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi.
Bu turda Roson'ori shogirdlari o‘z uyida “Lids”ni qabul qilib, 2:2 hisobidagi durangga imzo chekdi. Dastlab bellashuvning 24-daqiqasida Joao Pedro hisobni ochishga erishgan bo‘lsa, 58-daqiqada Koul Palmer londonliklarni 2-goliga mualliflik qildi. Bahsning 67-daqiqasida mehmonlar futbolchisi Nmecha 11 metrlik nuqtadan gol kiritib hisobni qisqartirishga erishdi. 73-daqiqada Okafor “Lids”ning ikkinchi golini kiritib jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
- Angliya - Premier Liga
- Joriy Mavsum
Chelsi
- João Pedro 24'
- Cole Palmer 58'
Tugadi
2
:
2
11.02.2026 00:30
Leeds United
- Lukas Nmecha 67'
- Noah Okafor 73'
Fikrlar