APL chempioni bo‘lgan murabbiy “Real”ni boshqarishni xohlayapti

  • 11.02.2026 01:32
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot "Real" boshqarishni xohlayapti. Bu haqida "Topskills Sports UK" nashri xabar bermoqda.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, niderlandiyalik mutaxassis Mersasayd klubidagi o‘z holatidan ko‘ngli to‘lmayapti. U "Real"ni boshqarishni orzu qilmoqda. Ma'lum bo‘lishicha, Slot Madrid klubini o‘zining futbol falsafasini hayotga tatbiq etishi uchun eng qulay joy deb hisoblayapti. Agar "qirollik klubi"dan taklif kelib tushsa, u mamnuniyat bilan bu taklifni qabul qilishga tayyor. 

Ma'lumot uchun, Slot 2024 yildan beri ingliz klubini boshqarib kelmoqda. Shu davr mobaynida mutaxassis bitta APL chempionligini qo‘lga kiritishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!