APL grandlari Germaniyadan iste’dodli hujumchini nishonga olishdi

  • 25 oktabr, 14:26
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

APLning top-klublari Bundesligadagi yosh iste’dodga qiziqish bildirmoqda.

Tecno

"CaughtOffside" nashrining bergan ma’lumotlariga ko‘ra, Angliyaning "Chelsi" va "Manchester Yunayted" jamoalari "Kyoln" klubi safida harakat qilayotgan 19 yoshli hujumchi Said El-Malaga qiziqish bildirmoqda. Hozirda forvardni Germaniya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha amal qiladi. Klub hali futbolchiga aniq narx belgilagani yoq. Ammo o‘ndan ortiq jamoalar futbolchining transferni muhokama qilish uchun uning agentiga aloqaga chiqqan.

El-Malaning hozirda "Transfermarkt" portalidagi narxi 18 million evroni tashkil etadi.

Ma’lumot uchun, germaniyalik hujumchi joriy mavsum "Kyoln" safida 8 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol kiritgan va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!